Toshkent viloyatida “Damas” yonib ketdi
Parkent bozori oldida to‘xtab turgan “Damas”da yong‘in sodir bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Toshkent viloyati Parkent tumanida “Damas” mashinasida yong‘in kelib chiqqan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 20 iyun kuni soat 16:00 larda sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, 4R-15 “Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor” avtomobil yo‘lining 56-kilometrida, Parkent bozori qarshisida 39 yoshli haydovchi J.B.ga tegishli bo‘lgan, to‘xtab turgan “Damas”da yong‘in yuzaga kelgan.
Oqibatda mashinaning bir qismi yonib ketgan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda avtomobilda hech kim bo‘lmagan va harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Parkent tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:23
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

15:47 / 04.03.2025
Toshkent viloyatidagi bog‘cha xodimi bolalarni gimnastika tayoqchasi bilan urdi

18:55 / 01.03.2025