Foto: Putin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi. U ushbu davlat yetakchisi Kim Chen Inga Pxenyan aeroportida shaxsan kutib olgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Har ikki davlat rahbarlari qo‘l berib, quchoqlashdi. So‘ngra Kim Chen In Rossiya prezidentining maxsus mashinasiga o‘tirib, uni faxriy mehmonlar uchun mo‘ljallangan «Kumsusan» qarorgohiga shaxsan kuzatib qo‘ydi.
«Ajoyib tungi manzara fonida Pxenyanning go‘zal ko‘chalari bo‘ylab yurgan oliy rahbarlar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar hamda KXDR va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada ishonchli rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar», — deyiladi KMAA xabarida.

Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA


Gavriil Grigorov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Putin Shimoliy Koreyaga 18 iyun kuni kechqurun yetib keldi. Bu uning Shimoliy Koreyaga ikkinchi tashrifi. Birinchisi 2000 yil iyul oyida bo‘lib o‘tdi. O‘shanda Rossiya prezidenti KXDRning amaldagi rahbari Kim Chen Irning otasi bilan uchrashgan.

Foto: Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Rossiya rahbariga joriy safarda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Denis Manturov, bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak, mudofaa vaziri Andrey Belousov, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va boshqalar hamrohlik qilmoqda.
Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni muhokama qiladi. «Nodon sinmun» nashriga yozgan maqolasida prezident Putin Moskva va Pxenyanning «G‘arb nazorati ostida bo‘lmagan savdo va o‘zaro hisob-kitoblar muqobil mexanizmlarini» ishlab chiqish rejalari haqida gapirdi. Bundan tashqari, Putin Kim Chen Inga Ukrainadagi mojarodagi qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib, Moskva «ayyor dushmanga qarshi turishda» Pxenyanni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Mavzuga oid

01:44 / 08.03.2025
«Uning o‘rnida har kim ham shu ishni qilgan bo‘lardi» - Tramp Ukrainani bombardimon qilayotgan Putin haqida

21:46 / 07.03.2025
Putin Ukrainada ba’zi shartlarda o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor – Bloomberg

21:32 / 06.03.2025
Putin: Rossiya Ukrainadagi vaziyatda hech kimga yon bosmoqchi emas

22:17 / 05.03.2025