Toshkentda 2 ta «Lasetti» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha dastlabki ma’lumot taqdim etildi.
Joriy yilning 12 mart kuni soat 18:20 larda Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasida 2 ta “Lasetti” rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi Toshkent shahar IIBB YHXB xabarida.
Mavzuga oid

16:31 / 20.03.2025
Toshkentda birinchi marta Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasi o‘tkaziladi

18:02 / 19.03.2025
Uyg‘onayotgan yashil tabiat – bahoriy Toshkentdan fotoreportaj

15:49 / 19.03.2025
Toshkentda Hunarmandlar markazi qurilishi kerak bo‘lgan yerga qurilgan “dom” buziladigan bo‘ldi

08:10 / 18.03.2025