Toshkentda ikkita elektrobus to‘qnashdi
Yashnobod tumanidagi bekatda 28- va 44-sonli avtobuslar to‘qnashib ketdi. Oqibatda birining o‘rta eshik qismi, boshqasining esa chap tomon orqani ko‘rish oynasi korpus qismi shikastlandi.

Foto: Telegram / Tashkent Land
Toshkent shahar Yashnobod tumanida ikki avtobus haydovchisi poyga o‘ynagani aytilgan xabarlar tarqaldi. «Toshshahartransxizmat» mazkur xabar yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, holat 7 fevral kuni soat 11:00 larda ro‘y bergan. Unda «1-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi 28-sonli avtobus haydovchisi X.A. avtobusni Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib, «Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi» bekatiga to‘xtatgan.
U shu bekatda to‘xtab yo‘lovchi tushirayotgan «5-avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi 44-sonli avtobus bilan yonlama oraliq masofani saqlamagan. Oqibatida 28-sonli avtobusning o‘rta eshik qismi hamda 44-sonli avtobusning chap tomon orqani ko‘rish oynasining korpus qismi bilan bir-biriga tegib qirilgan. Sodir etilgan to‘qnashuvda hech kim tan jarohati olmagan.
Yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid

17:27 / 27.02.2025
Salla desa kallani... Yashnobod hokimligi fuqaroning qonuniy uyini buzib tashladi

11:50 / 08.02.2025
Toshkentda elektrobus va Cobalt to‘qnashdi

08:30 / 13.01.2025
Mahalliy tadbirkorlar elektrobus, avtobus va mikroavtobuslar ishlab chiqarishni boshlaydi

15:00 / 12.01.2025