Toshkentda elektr tarmog‘idagi nosozlik tufayli 3 300 iste’molchi chiroqsiz qoldi
Chilonzor tumanida 1 800, Shayxontohur va Olmazor tumanlarida 1 500 iste’molchi chiroqsiz qolgan
Bugun 2024 yil 7 yanvar kuni soat 17:54 da Toshkent shahridagi 35 kV kuchlanishli 2 ta elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oqibatda, Chilonzor tumanida 1800 ta, Shayxontohur va Olmazor tumanlarida 1500 ta iste’molchi qisman elektr ta’minotidan uzilgan.
“Hozirgi vaqtda ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda , ayni paytda Chilonzor va Shayxontohur tumanlaridagi ko‘plab chorrahalarda svetoforlar ishlamayotgani, hatto metroning bir nechta bekatlarida ham chiroq yo‘qligi aytilmoqda.
So‘nggi paytlarda Toshkent shahrida eletr tarmoqlari va turli podstansiyalarda sodir bo‘layotgan nosozlik ortidan tez-tez elektr ta’minotida uzilishlar bo‘layapti.
Jumladan, «Sag‘bon» podstansiyasida bir necha marta avariya yuz berishi oqibatida Toshkent shahri Olmazor tumanining katta qismi elektr ta’minotidan uzilgandi.
Mavzuga oid

20:14 / 05.03.2025
Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi

13:22 / 09.01.2025
Energetika vazirligida elektr quvvatlantirish stansiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

19:23 / 24.12.2024