Toshkentda qalbaki 200 ming so‘mlik banknotlarni sotishga uringan shaxs ushlandi
U 40 mln so‘mlik qalbaki pullarni 18 mln so‘mga sotishga uringan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri, Yashnobod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki pul birliklarini sotish bilan bog‘liq holat fosh etildi.
Qayd qilinishicha, E.H. 200 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 18 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:53
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

21:50 / 20.02.2025
O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan Turkiya fuqarolari Qozog‘istonda qo‘lga olindi

17:18 / 30.01.2025
Toshkentda 20 yoshli qiz o‘g‘irlab ketildi

16:36 / 29.01.2025