“Chustdagi holat nazoratda, bolalarning ahvoli qoniqarli” – SSV
Bolalarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilmoqda. Ahvoli yaxshilangani sababli 10 nafar bolaga uyiga ketishga ruxsat berilgan.

Foto: Kun.uz
Chust tumanidagi bog‘chaning ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana harorati ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan. Dastlabki shikoyat bo‘yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelingan. Keyinchalik jami 71 nafar bolaning sog‘ligidan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi holat vazirning nazoratida ekanligini ma’lum qildi.
“Namangan viloyatining Chust tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar bilan sodir bo‘lgan zaharlanish holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qabul qilingan bolalarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilmoqda.
Ularga yakuniy tashxis qo‘yish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib, ekspertizadan o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berildi.
Sodir bo‘lgan ushbu holat shaxsan Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan qat’iy nazoratga olingan”, deyiladi SSV rasmiy bayonotida.
Vazirlik holat sabablariga oydinlik kiritilgach, qo‘shimcha axborot berilishini bildirgan.
Mavzuga oid

08:09 / 20.02.2025
Nogironlik qanday tartibda belgilanadi? SSV mutaxassisi yangi tizim haqida

21:13 / 14.02.2025
Olimlar «Novichok» kabi zaharlarni aniqlaydigan dasturni ishlab chiqdi

18:15 / 14.02.2025
Moskvadagi migrantlar mehmonxonasida ommaviy zaharlanish yuz berdi

16:59 / 30.01.2025