Putin Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarining rivojlanishi haqida gapirdi
Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbarini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Foto: RIA Novosti
Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Rossiya rahbari o‘z qutlovida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanayotganini ta’kidladi.
«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Moskva va Toshkentning MDH, ShHT, BMT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalardagi hamkorligi yaxshi samara bermoqda.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan konstruktiv ikki tomonlama aloqalarni barcha sohalarda, do‘st xalqlarimiz farovonligi uchun, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida bundan buyon ham izchil rivojlantirib borishimizga ishonaman», deyiladi tabrik maktubida.
Shu bilan birga, Putin o‘zbekistonlik hamkasbiga «mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar», O‘zbekistonning barcha fuqarolariga esa «tinchlik-osoyishtalik va ravnaq» tiladi.
Mavzuga oid

20:30
Putin muzokaralarda yon berish niyatida emas - g‘arb maxsus xizmatlari

19:53
Yevropa nimadan qo‘rqmoqda: mintaqa o‘zini himoya qila oladimi?

23:28 / 10.03.2025
Rossiyadan ko‘chmas mulk xarid qilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshdi

18:48 / 08.03.2025