Nukus shahar IIB sobiq boshlig‘i Nukus tumaniga hokim bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani hokimi o‘zgardi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” kanali xabar bermoqda.

Foto: t.me/QResMinistrlerKenesi
Ma’lum qilinishicha, Ziyauatdin Imamatdinovich Zaytov Nukus tumani hokimi sifatida ish boshladi.
Tayinlovga qadar Z.Zaytov Nukus shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
U o‘tgan yillar davomida Chimboy tumani IIB boshlig‘i, Qo‘ng‘irot tumani, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.
Nukus tumaniga shu vaqtga qadar Umirbay Usnatdinov hokimlik qilib kelayotgandi.
U 2020 yil aprel oyi oxirlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i kengesi raisining buyrug‘i bilan Nukus tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Omirbay Usnatdinov undan avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Mavzuga oid

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

08:00 / 18.02.2025
Nukus ko‘chasida Lacetti va Malibu-2 o‘zaro to‘qnashdi

22:18 / 05.02.2025
Nukusda bog‘cha tarbiyachisi va yordamchisi bolalarni tepib, ularni shippak bilan kaltakladi

11:44 / 04.01.2025