Ilon Mask Twitter logotipini X’ga o‘zgartirdi
Ijtimoiy tarmoq egasi «Twitter brendi bilan tez orada xayrlashishga» va’da berdi va platformaning yangi logotipini ko‘rsatdi. Endilikda Twitter'ga x.com manzili orqali ham kirish mumkin.

Foto: Videodan kadr
Twitter ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask uning logotipi ko‘k qushdan X’ga o‘zgarishini ma’lum qildi. Mask 23 iyul, yakshanba kuni Twitter’ning ehtimoliy dizaynini e’lon qildi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, agar «yetarlicha yaxshi variant» topilsa, yangi logotipga keyingi haftadayoq o‘tilishi mumkin. Bundan tashqari, tadbirkor Twitter nomidan voz kechishi mumkinligiga ishora qildi. «Tez orada biz Twitter brendi va asta-sekin barcha qushlar bilan xayrlashamiz», — deb yozadi u.
Mask, shuningdek, platformaning standart rangini qora rangga o‘zgartirish uchun ovoz berish jarayonini boshladi.
Twitter’ni sotib olgandan so‘ng, Ilon Mask platformaga o‘zgartirishlar kiritishni boshladi. Foydalanuvchining haqiqiyligini ko‘rsatuvchi ko‘k belgini faqat pulga olish huquqi joriy etildi. Mask, shuningdek, foydalanuvchilar o‘qishi uchun mavjud bo‘lgan postlar soniga cheklovlar ham qo‘ydi.
Maskning o‘zi Twitter’ni so‘z erkinligini himoya qilish va senzurani rad etish uchun sotib olganini ta’kidladi. Biroq may oyida Turkiyada prezidentlik saylovlari arafasida Twitter mamlakat rasmiylari iltimosiga ko‘ra ayrim siyosiy kontentni bloklayotgani ma’lum bo‘ldi. «Yoki Twitter (Turkiyada) butunlay bloklanadi, yoki biz ba’zi tvitlarga kirishni cheklaymiz», — deb tushuntirdi Mask senzurani.
Mavzuga oid

22:28 / 09.03.2025
Yil boshidan beri Ilon Maskning boyligi 100 mlrd dollarga kamaydi

16:11 / 09.03.2025
Ilon Mask ukrainalik 10 nafar oligarxga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifini berdi

20:30 / 08.03.2025
Ilon Mask Oq uyda davlat kotibi Marko Rubio bilan janjallashdi – OAV

18:44 / 07.03.2025