Qamchiq dovonida 2 ayol sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
Ular kuchli jala vaqtida toshqin suvlari uchun mo‘ljallangan quvurga kirib olgan.

Foto: Namangan viloyati FVB
Qamchiq dovonida namanganlik ikki ayol jasadi topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Namangan viloyati FVB matbuot xizmati bunga munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 7 iyul kuni M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali — O‘sh avtomobil yo‘lining Toshkent-vodiy yo‘nalishida ikki ayol (ularning ikkisi ham 23 yoshda bo‘lgan) tog‘ balandligidagi yirik shoxli mollarini sog‘ish uchun ketayotgan bo‘lgan.
Soat 19:20 dan 19:27 gacha kuchli jala yog‘ishi kuzatilgan. Ayollar esa bu paytda sel toshqin suvlari uchun maxsus mo‘ljallangan 1200 diametrli temir quvur ichiga kirib olgan. Shu vaqtda 40−50 metr kub miqdoridagi sel kelib, ayollarni quvur ichidan «Rezaksoy»ning 400 metr oqimi bo‘ylab olib ketgan.
Soyni sel massasidan tozalash jarayonida ularning jasadi topilgan.
Hozirda IIB tezkor-tergov guruhi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

18:37 / 25.02.2025
Namanganda Lacetti 11 yoshli qizni urib yubordi

10:26 / 10.01.2025
Pop tumani FVB boshlig‘i tezkor tadbirda 160 ming dollar bilan qo‘lga olindi

10:57 / 09.01.2025