Google juda kuchli kvant kompyuterini yaratdi
U eng kuchli superkompyuter 47 yil ichida yechadigan muammoni 6,7 soniyada hal qila oladi.

Foto: PA
Amerikaning Google korporatsiyasi o‘ta kuchli kvant kompyuterini yaratishga muvaffaq bo‘lganini e’lon qildi – u superkompyuter 47 yil sarflaydigan masalaning yechimini bir necha soniya ichida topadi. Bu haqda ilmiy jurnalda chop etilgan maqolaga tayanib, The Telegraph xabar berdi.
2019 yilda Google 53 kubit quvvatga ega o‘ta kuchli kvant kompyuteri yaratilganini, u IBM superkompyuteri 10 ming yilda yechadigan algoritmni 200 soniyada bajara olishini e’lon qildi. Ammo ilmiy hamjamiyat kompaniya yutug‘ini jiddiy e’tiborga olmadi.
Yangi tizim, Google ma’lumotlariga ko‘ra, avvalgisidan 241 million marta kuchliroq va eng kuchli Frontier superkompyuteri 47 yil ichida yechadigan muammoni 6,7 soniyada hal qila oladi. The Telegraph bunday quvvatni kvant ustunligi deb atadi.
Avvalroq IBM bosh direktori Arvind Krishna 3-5 yil ichida kvant kompyuterlaridan tijorat maqsadida foydalanish boshlanishi mumkinligini aytgandi – buning uchun kubitlar soni 4 mingdan 10 minggacha bo‘lgan kvant kompyuterlari kerak bo‘ladi. Hozirgi vaqtda eng kuchli kvant kompyuterlari quvvati 500 kubitga yetmaydi.
Mavzuga oid

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

00:09 / 20.02.2025
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi

22:28 / 19.02.2025
Apple yangi «hamyonbop» iPhone 16E smartfonini taqdim qildi

20:04 / 14.02.2025