Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi
HomePod qurilmasi shu yilning yozida taqdim etilishi kerak edi.

Foto: AP
Apple kompaniyasi o‘zining 7 dyuym ekranli yangi HomePod qurilmasi taqdimotini kechiktirdi. Sababi, gadjet sun’iy intellektga asoslangan Siri imkoniyatlariga tayanadi, avvalroq, uning taqdimoti ham qoldirilgan edi.
Bloomberg sharhlovchisi Mark Gurman so‘zlariga ko‘ra, kompaniya gadjetni yoz oxirigacha chiqarishi taxmin qilingan edi, ammo endi bu amalga oshmaydi, chunki barcha harakatlar takomillashtirilgan Siri versiyasini ishlab chiqishga qaratilgan.
Bu qurilma haqida anchadan beri gapirilmoqda: u Amazon Echo Hub kabi o‘ziga xos markazga aylanadi, unga uydagi barcha aqlli gadjetlar ulanadi. Qo‘ng‘iroq qilish, video orqali muloqot qilish, brauzerga kirish va multimedia kontentini ishga tushirish mumkin bo‘ladi. Tashqi tomondan, bunday markaz sensorli ekranga ega iPad planshetiga o‘xshaydi.
Gurman avvalroq HomePod kompaniyaning 2025 yildagi eng muhim yangiligi bo‘lishini aytgan edi. Endi uni qachon kutish kerakligi noma’lum.
«Aqlliroq» Siri katta ehtimol bilan 2026 yilga, iOS 20 chiqarilgunga qadar qoldirildi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, ovozli yordamchi foydalanuvchilar bilan «haqiqiy odam kabi» suhbatlasha oladi va shu bilan birga ChatGPT, Gemini Live va boshqa chatbotlar bilan raqobatlashadi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi
Jahon | 18:03
-
Tayvanda Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarshi tarixdagi eng katta harbiy mashqlar boshlandi
Jahon | 17:44
-
Turkiyada Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun Grok sun’iy intellekti bloklandi
Jahon | 17:42
-
Issiq havo Yevropada o‘lim holatlari sonini uch baravarga oshirdi
Jahon | 17:41
Mavzuga oid

21:12 / 02.07.2025
Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirishda kutilmagan muammoga duch keldi

15:06 / 30.06.2025
Apple boshga taqiladigan yettita qurilmani tayyorlamoqda

18:42 / 28.06.2025
Apple olti yil ichida ilk marta asosiy iPhone displeyini kengaytiradi

16:50 / 26.06.2025