Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi
Mamatqulovlar oilasida uch nafar o‘g‘il dunyoga keldi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Yangi avlod mahallasida istiqomat qiluvchi Irodaxon va Abbosjon Mamatqulovlar oilasida uch egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Guliston shahri tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limida tug‘ilgan go‘daklarning uchalasi ham o‘g‘il. Kattasining vazni 2,63 kg, o‘rtanchasiniki 2,87 kg va kichigining vazni 2,7 kg.
«Chaqaloqlarning ham, onaning ham salomatligi yaxshi. Ular tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologlari nazoratida», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

16:53 / 28.02.2025
Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi

17:42 / 27.02.2025
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

18:10 / 25.02.2025
Sirdaryoda renovatsiya dasturi asosida 15 ming xonadonli uy-joylar quriladi

15:40 / 16.02.2025