Jizzaxda Toyota Land Cruiser mashinasi qalin tumanda jarlikka qulab tushdi
Jizzax viloyati Baxmal tumanida Toyota Land Cruiser mashinasi qalin tumanda jarlikka qulab tushgan. Oqibatda, haydovchi vafot etgan. Uning ikki nafar nabirasi esa turli darajada tan jarohatlari olgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Videodan kadr
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 29 yanvar kuni soat 13:30 larda Jizzax viloyati Baxmal tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Baxmal tumani “Baxmal” QFYga qarashli Abay qishlog‘i hududi dala maydonida Jizzax shahri Qaliya mahallasida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Toyota Land Cruiser mashinasi bilan o‘ziga tegishli Molguzar fermer xo‘jaligiga borayotganida mashina jarlikka qulab tushadi.
Oqibatda mashina haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Mashina salonida bo‘lgan haydovchining ikki nafar nabirasi turli darajada tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvda, Toyota Land Cruiser’ning shinasi qalin tumanda loyda sirpanib ketgani va haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani ortidan mashina jarlikka qulagani aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda Baxmal tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:43 / 27.02.2025
Jizzax viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

18:32 / 30.01.2025
Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi

15:06 / 28.12.2024
Jizzax viloyatining yangi hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

16:45 / 22.12.2024