Boks. Saidjamshid Ja'farov – chorakfinalda
Serbiyada davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Saidjamshid Ja'farov turnirdagi uchinchi jangini o‘tkazdi.

Foto: O‘BF
-75 kg vazn toifasidagi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi nimchorakfinal bosqichida Ozarboyjon vakili Kozimzoda Mirsharifga qarshi ringga ko‘tarildi. Uch raundda ham hakamlar Ja'farovning ustunligini qayd etishdi va O‘zbekiston vakili ketma-ket 3-jangini ham o‘z foydasiga hal qilib, chorakfinalga yo‘llanma oldi.
Ja'farov bungacha 1/32 final doirasida slovakiyalik Lukas Fernetsa, 1/16 finalda esa yaponiyalik Yuito Marivakini mag‘lub etgandi.
Ma'lumot uchun, bugun, 1 noyabr kuni yana 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi:
- -63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Chu-Yen Lai (Xitoy Taypeyi) (23:10 dan so‘ng)
- -80 kg: Odiljon Aslonov - Robbi Gonsales (AQSh) (00:30dan so‘ng).
Mavzuga oid

20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi

21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi

22:36 / 28.12.2024
Boks. To‘lqin Qilichev – Osiyoda yil murabbiyi deb e’lon qilindi, yana ikki o‘zbekistonlik ayol bokschi tengsiz bo‘ldi

17:39 / 09.12.2024