Amerikalik milliarder dollar o‘rnini bosa oluvchi valutani aytdi

Foto: Global Look Press
Xitoy milliy valutasi – yuan kelgusida jahon savdosida eng ko‘p qo‘llanuvchi valutaga aylanadi. Bu haqda amerikalik milliarder, Bridgewater Associates investitsiya kompaniyasi asoschisi Rey Dalio aytdi.
Dalioning prognoziga ko‘ra, Xitoy valutasi AQSh dollariga nisbatan «yashovchanroq» bo‘lib chiqadi.
«Fikrimcha, kelgusida odamlar qaysi valutani qo‘llashni o‘zlari tanlaydilar va mustahkam iqtisodiy asosga ega valutalargina raqobatbardosh bo‘ladi. Ko‘plab davlatlar uchun bu xavfga aylanadi», deb aytgan milliarder CNBC telekanaliga bergan intervyusida.
Uning ta'kidlashicha, AQSh iqtisodiyoti nafaqat yuan mustahkamlanishi, balki mamlakat ichidagi muammolar, jumladan, amerikaliklarning kreditlanish darajasi o‘sishi hisobiga zarba ostida qolishi mumkin.
Mavzuga oid

10:09 / 11.03.2025
195 ming qalbaki dollarning muomalaga kiritilishi oldi olindi

16:55 / 20.02.2025
O‘zbekiston 2025 yilda 43 mlrd dollar investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda

20:50 / 26.01.2025
AQSh dollarning ba’zi banknotlari dizaynini o‘zgartiradi

11:05 / 21.01.2025