Ayrim hududlarni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Qarorlarda quyidagilar belgilangan:
- 2021-2023 yillarda Buxoro viloyatining Peshku tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 72-son VMQ);
- 2021-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 73-son VMQ);
- 2021-2023 yillarda G‘uzor va Yakkabog‘ tumanlari markazlarini obodonlashtirish va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari (16.02.2021 yildagi 74-son VMQ).
Hujjat bilan mazkur hududlarni tegishli kompleks rivojlantirish dasturlari, loyihani moliyalashtirish manbalari, investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatlari, aholi turmush tarzini yaxshilash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari, ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash chora-tadbirlari, turizmni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Quyidagilar dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
- sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish;
- aholi bandligini ta'minlash hamda ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida tadbirkorlarni faol jalb etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash;
- muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
- hududlar, yo‘llar va ko‘chalarni obodonlashtirish.
Mavzuga oid

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

15:26 / 01.02.2025
Sanepidqo‘m faoliyati tartibi belgilandi

12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi

09:31 / 30.11.2024