Peshku tumani hokimi o‘zgardi

O‘zbekiston 09:33 / 30.11.2024 6830

Buxoro viloyatida xalq deputatlari Peshku tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov tanqidiy-tahliliy nutq so‘zladi. Viloyat rahbari oxirgi yillarda Peshku tumanidagi dolzarb muammolarni hal qilish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi darajaga ko‘tarish borasida sezilarli o‘zgarishlar qilinganligini qayd etdi.

—Ammo so‘nggi yillardagi tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, tumanning ayni paytdagi rivojlanish sur’ati hurmatli prezidentimiz talablari, mehnatkash Peshku ahlining ehtiyojlaridan ancha orqada qolmoqda, — dedi Botir Zaripov.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimi Vahob Hamidovich Qahhorovni Peshku tumani hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi. Ushbu masala ovozga qo‘yilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Shundan so‘ng Botir Zaripov 2021 yildan beri Kogon shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Hayot Davlatov nomzodini Peshku tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman kengashi deputatlari va faollari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Hayot Davlatov Peshku tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: