O‘zbekiston | 13:51 / 28.02.2025
946
2 daqiqa o‘qiladi

2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

“Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

▪️ xizmatlar hajmini 15 foizga oshirish; 
▪️sohada 3 million kishini daromadli mehnat bilan ta’minlash;
▪️ 52,2 mingta xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkil etish.

Prezidentning 2022 yil 27 yanvardagi PQ–104-son qarorida nazarda tutilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. 

2025 yilda quyidagi miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltiriladi:

🔹xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 67,4 trillion so‘m;
🔹xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkil etish uchun developerlar orqali tadbirkorlik sub’yektlariga noturar joylarni lizingga berishga 4,5 trillion so‘m.

Hududlarda 2025 yilda quyidagi 652 ta drayver loyihalarni infratuzilma bilan ta’minlash uchun 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi:

➖72 ta sohil bo‘yi dam olish maskanlari;
➖ 62 ta zamonaviy qiyofadagi istirohat bog‘lari;
➖154 ta tun-u kun faoliyat yuritadigan turizm va gastronomik yo‘nalishlarga ixtisoslashgan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar;
➖ 364 ta yo‘l bo‘yi va boshqa servis obektlari.

Mavzuga oid