Yuk avtomobillarining Toshkentga kirib-chiqishi cheklanishi mumkin
Yuk avtomobillari uchun Toshkent shahriga kirib-chiqishda cheklovlar o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan yo‘llarda tirbandlikning oldini olish maqsadida ertalab soat 7:00-10:00 va kechki 17:00-20:00 vaqtlar oralig‘ida Toshkent shahriga og‘ir yuk tashuvchi transport vositalarining kirib-chiqishini cheklash haqida qaror qabul qilish taklifi kiritilgan.
Ushbu masala tez kunlarda Toshkent shahar kengashi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgani aytiladi.
“Agar deputatlar bu qarorni qabul qilishsa Toshkentda tirbandliklar biroz bo‘lsa ham kamayadi, deb umid qilamiz”, – deb yozadi deputat.
Mavzuga oid

18:02 / 19.03.2025
Uyg‘onayotgan yashil tabiat – bahoriy Toshkentdan fotoreportaj

15:49 / 19.03.2025
Toshkentda Hunarmandlar markazi qurilishi kerak bo‘lgan yerga qurilgan “dom” buziladigan bo‘ldi

08:10 / 18.03.2025
Toshkentda Lexus yo‘l chetida turgan mashina va fuqaroni urib yubordi

21:22 / 17.03.2025