Shimoliy Koreya mehmonxonalari tasvirlangan 15 kamyob surat
Shimoliy Koreya mehmonxonalariga tashrif buyurgan fotograf ularning asl ko‘rinishini suratga muhrladi.
Shimoliy Koreya azaldan dunyoni qiziqtirib kelgan va u haqida mavzu ochilganda so‘zlovchi o‘z tasavvurlarini ishga solishiga to‘g‘ri keladi. Nihoyat Pxenyanning turistlar (kamdan-kam bo‘lsa ham) to‘xtaydigan mehmonxonalari bilan tanishish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Ushbu fotosuratlar Shimoliy Koreya poytaxtidagi o‘nta mehmonxonaga tashrif buyurib, mamlakatning sayyohlik sohasi umumiy olganda qanday ko‘rinishda ekanini namoyish etgan Nikol Rid tomonidan olingan. Nikol, mehmonxonalar Shimoliy Koreyada suratga olish mumkin bo‘lgan eng oddiy maskanlar ekanligini tan oldi, chunki ularga kirishda juda ko‘p hujjatlar talab qilinmaydi, ularning siyosat bilan hech qanday aloqasi yo‘q va har qanday sayohatchi ularga tashrif buyurishi mumkin.
Rid bir qiziq xulosaga keldi: hatto Shimoliy Koreya singari totalitar mamlakatda ham ijod uchun joy topiladi. Oddiy odamlarning kiyinishi, xonadon va uylardagi bezaklar kabi, bir-biridan farqlanmasa ham, mehmonxonalar juda o‘zgacha. Ularning har biri ichki dizayn uchun litsenziya olgan, shu sababli ham rango-rang tushlik zallari, xonalar va vestibyullarga ega. Mamlakat dunyoning boshqa qismidan uzilib qolgani hisobga olinsa, tashqi tomondan hech qanday ta'sir sezilmaydi. Bu estetika va bezaklarning barchasi mahalliy otelerlarning xizmatidir.
Ushbu o‘nta mehmonxona o‘ttiz yildan ortiq vaqtdan beri ishlamoqda va aslida ular bo‘sh, chunki mamlakatda sayyohlar soni juda kam. Biroq, mehmonxonalar hanuz o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, ular muntazam ravishda ta'mirlanib, tartib saqlanyapti. Ularda basseynlar, konferens zallari, bouling, karaoke mavjud. Ammo, albatta, ular urushdan keyingi me'morchilikka xos bo‘lgan militarizm ruhini saqlab qolgan, ichkarida esa qadimgi intererlar mavjud bo‘lib, ular o‘nlab yillar davomida yangilanmaganga o‘xshaydi. Ularning barchasi o‘z mamlakatlari ruhiga yo‘g‘rilgan: siyosatchilarning portretlari yetarlicha topiladi, shuningdek, xodimlar ham mehmonlar e'tiborini o‘ziga qaratib qaddini tik tutib turadi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ertaga 17 mart kuni joylarda 27 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 13:01
-
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
Jamiyat | 12:46
-
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Jamiyat | 12:10
-
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

13:48 / 11.03.2025
2025 yilda O‘zbekistonga 12 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda

14:08 / 07.02.2025
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush tufayli o‘z raketalari aniqligini oshirdi

16:08 / 31.01.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon ID-kartani o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

14:55 / 25.01.2025