O‘zbekiston va Ozarboyjon ID-kartani o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda
ID-kartalardan foydalanish O‘zbekiston va Ozarboyjon fuqarolariga xorijga chiqish pasportini olmasdan turib chegarani kesib o‘tish imkonini beradi.

Foto: Getty images
O‘zbekiston va Ozarboyjonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari o‘rtasida ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini chegaradan o‘tish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyati muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda «Dunyo» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bu chora sayohatlarni yengillashtirish va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tomonlar fuqarolar harakatini soddalashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va migratsiya siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ushbu qadam muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan.
ID-kartalardan foydalanish O‘zbekiston va Ozarboyjon fuqarolariga xorijga chiqish pasportini olmasdan turib chegarani kesib o‘tish imkonini beradi, bu esa sayohat qilish qulayligini oshiradi va mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlaydi.
Shuningdek, mazkur qarorning qabul qilinishi O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

18:13 / 27.02.2025
O‘zbekistonda chiroyli raqamli ID-karta, pasport va haydovchilik guvohnomalari oshirilgan narxda beriladi

16:22 / 27.02.2025
Xo‘jali genotsidi - insoniyat tarixidagi qonli sahifa

14:07 / 25.02.2025
Ozarboyjon «Rossiya segodnya» va BBC vakolatxonalarini yopdi

15:30 / 20.02.2025