Qurilishda g‘isht ishlatish maksimal darajada kamaytiriladi
O‘zbekistonda Shaharsozlik kodeksining yangi tahriri ishlab chiqildi.

Shuhratxo‘ja Hoshimov / Foto: Qurilish vazirligi
13 mart kuni Qurilish vazirligida yangi tahrirdagi Shaharsozlik kodeksi loyihasi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik rahbariyati, deputatlar va soha mutaxassislari qatnashdi.
Qurilish vaziri o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov energosamarador qurilish materiallaridan foydalanish masalasiga to‘xtaldi.
«2021 yildan boshlab qurilish ishlarida g‘ishtni qo‘llash maksimal darajada kamaytiriladi.
Devorbop energosamarador, energotejamkor materiallar bu – penobeton, gazobeton.
E'tibor berayotgan bo‘lsangiz, yangi qurilayotgan uylarda tashqi tarafdan bazalt tolali plitalar yordamida issiqlikni saqlash masalasi hal etilyapti.
Bu, birinchidan, zaminimizdagi resurslarga iqtisodiy nuqtayi nazardan yondashish, ikkinchidan aholining oila budjetini iqtisod qilish imkonini beradi», – dedi Shuhratxo‘ja Hoshimov.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, vazir o‘rinbosari respublikada qurilgan binolar, qishloq uylarining sifati bo‘yicha aholida e'tirozlar ko‘pligini aytib o‘tgan.
Uning ta'kidicha, aynan shu e'tirozlarni inobatga olgan holda, Shaharsozlik kodeksi loyihasida qurilish tizimi nazorati, sifat nazorati, buyurtmachi xizmati, pudrat tashkilotining texnik nazorati, mualliflik nazorati bo‘yicha alohida bob kiritilgan. Bu esa qurilishning har bir yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar mas'uliyatini oshiradi.
Mavzuga oid

13:01 / 15.01.2025
Beshyog‘och bozorining o‘rnida 9 qavatdan baland bino qurish Toshkent bosh rejasiga zid - Qurilish vazirligi

16:06 / 09.01.2025
G‘isht ishlab chiqarishda soliq stavkasi oshiriladi

12:33 / 21.08.2021
“Mehnatimdan uyalmayman” - g‘isht quyib sotayotgan ayol

11:42 / 13.09.2020