O‘zbekiston-Xitoy: Chendu-Toshkent-Chendu charter reysi yo‘lga qo‘yilmoqda

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
28 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) va O‘zbekiston o‘rtasida Chendu-Toshkent-Chendu charter reysi yo‘lga qo‘yiladi. Chendu shahrida O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdimotiga bag‘ishlangan anjuman doirasida shu haqida ma'lum qilindi.
Bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining qator shaharlarida sayyohlik salohiyati taqdimotini o‘tkazayotgani haqida xabar berilgan edi.
Navbatdagi taqdimot Sichuan provinsiyasining Chendu shahrida o‘tkazilib, mahalliy mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Uning doirasida o‘tgan B2B uchrashuvlar esa kelgusida ikki davlat turistik tashkilotlari o‘rtasida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda sayyohlar oqimini oshirishda amaliy natijalarga yo‘naltirildi.
Tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b.Abdulaziz Aqqulov hamda Loong Air aviakompaniyasi prezidenti Lyu I so‘zga chiqishdi. Ular ikki davlat turizm sohasini rivojlantirish yo‘naltirilgan hamkorlik istiqbollari va yaqin orada ochilishi kutilayotgan yangi marshrutlar haqida so‘zlashdi.
Jumladan, tadbir doirasida joriy yilning 28 dekabrida Chendu-Toshkent-Chendu yo‘nalishidagi charter reysning yo‘lga qo‘yilishi haqida e'lon qilindi. Yangi yo‘nalishdagi reys O‘zbekiston va Xitoyga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish yo‘lida xizmat qilishi ta'kidlandi.
Ma'lumot uchun: joriy yilning sentyabrida Loong Air aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Sian-Toshkent-Sian charter reysi ochilgan edi. Shu bilan birga, yaqin kunlarda Xuanchjou-Sian-Toshkent yo‘nalishidagi muntazam aviareysning ochilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan.
O‘zbek milliy taomi - palovning anjuman zalining o‘zida laganlarga suzilib tortiq qilinishi esa yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Jonli ijrodagi o‘zbek xalq qo‘shiqlari hamda milliy raqslar kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tadbirni tashkil qilishda yaqindan yordam bergan O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasi hamda Xitoyning Loong Air aviakompaniyasiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

20:55 / 31.03.2025