Apple’ni bosh dizayneri tark etdi

Foto: AP
Apple’ning bosh dizayneri, kompaniyaning ko‘plab, jumladan, Mac, iPod va iPhone qurilmalari dizayni uchun mas'ul bo‘lgan Jonatan Ayv kompaniyani tark etdi. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.
Ayv kompaniyadagi faoliyatini 1992 yildan boshlagan, 1996 yildan esa uning bosh dizayneri bo‘lib ishlab kelgan.
Iyunda Apple Ayv kompaniyani o‘z loyihasi LoveFrom’da ishlash uchun 2019 yil davomida tark etishini ma'lum qilgandi.
Endilikda kompaniya mahsulotlari dizayni uchun bungacha operatsion direktor lavozimini egallagan Jyeff Uilyams javob beradi.
Mavzuga oid

17:03
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi

18:51 / 05.03.2025