Andijon viloyatiga bosh imom-xatib tayinlandi
Andijon viloyatining yangi bosh imom-xatibi etib tayinlandi. Kun.uz muxbiri xabar berishicha, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Hazrat Usmonxon Alimov raisligida, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Abdug‘ofur Ahmedov ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Mirzamaqsud Xotambekovich Alimov viloyatning yangi bosh imom-xatibi etib tayinlangan.
Mirzamaqsud Alimov 2017 yil mayidan buyon «Sayyid Muxyiddin Maxdum» o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri sifatida ishlab kelayotgandi. U yangi lavozimida 2019 yilning avgustida Toshkent shahri bosh imom-xatibi lavozimiga o‘tgan Nuriddin domla Xoliqnazarov o‘rnida ish boshlaydi.
Mirzamaqsud Alimov 1973 yilda Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent islom institutini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - imom xatib, arab tili mudarrisi, islomshunos.
U 1996-2014 yillarda Jalaquduq tumanidagi So‘fi qishloq jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan, 2006-2017 yillarda Andijon viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari bo‘lgan, 2017 yilning 25 mayida «Sayyid Muxyiddin Maxdum» o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri lavozimiga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Jahon | 00:43
-
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Jahon | 00:18
-
Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 17.03.2025
-
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Fan-texnika | 23:25 / 17.03.2025
Mavzuga oid

11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi

17:09 / 25.01.2025
“O‘zbekistonda bunaqasi bitta”: Marhamatdagi aylana kutubxonaga sayohat

17:49 / 24.01.2025
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

11:45 / 29.12.2024