Ulug‘bek Odashevich Rahimov Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ulug‘bek Rahimov 1971 yili Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. Namangan sanoat-texnologiya instituti va prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan.
Xizmat faoliyatini 1994 yili O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Paxtaobod tumani qo‘mitasida boshlagan. 2000 yildan shu kunga qadar qishloq xo‘jaligi sohasining turli yo‘nalishlarida ishlab kelgan.
Tayinlovga qadar Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri edi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil aprelidan buyon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Avazbek Ergashev 2024 yil dekabrida, 58 yoshida vafot etgandi.