Turkiya harbiylari Suriya hududiga kirdi

Foto: Bloomberg
Turkiya o‘z harbiylarini Suriya hududiga kiritishni boshladi. Bu haqda Bloomberg o‘z shaxsi sir qolishini istagan Turkiyadagi manbaga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Manbaning aytishicha, turkiyalik harbiylarning vazifasi — kurdlarning qurollangan bo‘linmalarini chegaradan uzoqroqqa chekintirish hisoblanadi, u boshqa detallarni ochiqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an 6 oktabr kuni Suriya shimoli-sharqida harbiy amaliyot o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma'lum qilgandi. Bu amaliyot Anqara tomonidan terrorchi guruh sifatida tasniflanuvchi kurdlarning Milliy mudofaa ortyadlariga qarshi qaratilgan. Kurdlarning harbiy bo‘linmalari — AQShning ittifoqchilari sanaladi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa dastlab amerikalik harbiylar Suriyani tark etishini e'lon qildi, ammo ko‘p o‘tmasdan Turkiyani kurdlarga qarshi kuch ishlatishdan tiyilish haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid

21:40 / 11.03.2025
Suriya hukumati alaviylar isyonini bostirdi

10:07 / 11.03.2025
Suriyaning yangi hukumati kurdlar bilan kelishuv imzoladi

17:50 / 10.03.2025
Suriyada alaviylar qirg‘ini: ash-Shar’a aybdorlarni jazolashga va’da bermoqda

11:01 / 10.03.2025