Iroqda IShID rahbarining o‘rinbosarlaridan biri o‘limga hukm qilindi

Foto: AP/ Hadi Mizban
Bag‘doddagi al-Karx tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi IShID terrorchilik guruhi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘rinbosarlaridan birini o‘limga hukm qildi, deb xabar berdi Iroq oliy sudi kengashi vakili Abdul Sattor Birkadar o‘z bayonotida.
"Al-Karx jinoyat ishlari bo‘yicha sudi terrorchilikda ayblanayotgan Ismoil al-Aysavi ishini ko‘rib chiqishni yakunladi", — deyiladi xabarda. Ma'lum qilinishicha, u osib o‘ldirishga hukm qilingan.
Bayonotda aytilishicha, ayblanuvchi avval Suriyaga, so‘ngra Turkiyaga qochib o‘tgan va o‘sha yerda qo‘lga olingan.
Birkadarning so‘zlariga ko‘ra, al-Aysavi guruhda turli lavozimlarda ishlagan. U xususan, fatvo bo‘yicha qo‘mitada ishlagan va guruhda o‘quv rejalarini tuzish uchun javobgar bo‘lgan.
Al-Bag‘dodiyning o‘ldirilgani haqida bir necha marta xabarlar tarqalgan bo‘lsa-da, ularning hech biri tasdiqlanmagan.
Mavzuga oid

17:24 / 03.02.2025
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan Momika o‘limida gumon qilinganlarni ozod etdi

17:34 / 31.01.2025
Turkiya ostida yer qobig‘idagi ulkan yoriq topildi

16:28 / 08.01.2025
Yangi Suriyada terrorchi tashkilotlarga o‘rin yo‘q – Erdo‘g‘an

21:05 / 24.12.2024