Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi
G‘ayrat Hidoyatov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosarlaridan biri etib tayinlandi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 apreldagi PF-5403-son Farmoniga asosan G‘ayrat Botirovich Hidoyatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi», deyilgan Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
G‘ayrat Hidoyatov turli yillarda Adliya vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Oliy Sudi sudyasi bo‘lib ishlagan, oxirgi vaqtlarda O‘zbekiston prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid

12:10 / 05.03.2025
Bosh prokuratura va IIV bir-birini tiyib turishi kerakligi aytildi

19:30 / 04.03.2025
Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

10:27 / 06.02.2025
Ikki hududda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

11:54 / 29.01.2025