Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyosh panellari va suv isitkichlari o‘rnatilishini prokuratura nazorat qiladi
2025 yilda O‘zbekistonda aholi xonadonlari, kichik biznes va ijtimoiy soha obektlari energiya iste’molining kamida 40 foizi muqobil energiya manbalari - quyosh panellari va quyosh kollektorlarini o‘rnatish hisobiga qoplanadi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 2025 yilda aholi, kichik biznes va ijtimoiy soha obektlari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasining kamida 40 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga qoplanishi rejalashtirilgan. Bu haqda bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun mazkur inshootlarga quyosh batareyalari va suv isitkichlari o‘rnatiladi. Bu ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishi kutilmoqda.
Bosh prokuror o‘rinbosari bu vazifa «so‘zsiz» bajarilishini ta’kidladi. O‘tgan yili Bosh prokuratura va viloyat organlari «bunday buyruqlarni bajarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘ldi», dedi u.
Dekabrda Toshkent shahrida elektr energiyasidan noratsional foydalanishga qarshi reydlar o‘tkazilgan edi. Prokurorlar tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzib, ularni jarima va elektr tarmog‘idan uzish ehtimolidan ogohlantirgan.
Bu tajribadan kelib chiqib, Prezident topshiriqlari ijrosi ustidan qattiq prokuror nazorati o‘rnatiladi, dedi Shohrux Aminov.
«Prezident „Hududgazta’minot“ kompaniyasi tomonidan aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzarliklarni tanqid qildi. Bosh prokuraturaga mazkur sohani korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi», — dedi u.
Prokuratura, «Xududgazta’minot» va «O‘zenergoinspeksiya» o‘z takliflarini ishlab chiqadi va kiritadi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya rasmiylari SSSRdagi kabi oziq-ovqat narxini qat’iy belgilab qo‘ymoqchi
Jahon | 08:21
-
O‘zbekiston universitetlari saudiyalik yoshlar uchun grantlar ajratishi mumkin
O‘zbekiston | 08:20
-
AQSh: Xitoyning Rossiya neftini sotib olishi 100 foizlik bojga sabab bo‘lishi mumkin
Jahon | 08:10
-
In vitro ko‘chatlarini sotib olishga subsidiya ajratiladi
O‘zbekiston | 07:49
Mavzuga oid

20:58 / 09.07.2025
Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi

09:14 / 18.06.2025
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi

19:26 / 17.06.2025
Restorandagi “maska-shou”: Farg‘onaning amaldorlari u yerda nima qilyapti?

16:02 / 19.05.2025