Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi
Boshqarma Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘i Azizbek Ikromov hamda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov boshchiligida “maska-shou” uyushtirilgan “Green club” restorani rahbari Sherzod Abdug‘aniyev 11 ta holatda firibgarlik yo‘li bilan odamlarning pulini o‘zlashtirganini ma’lum qilgan. “Jamoatchilikni ayni holatlarga ham diqqat qaratishlarini so‘raymiz”, deyiladi munosabatda.
Farg‘ona viloyati IIB Farg‘ona shahridagi “Green club” restoraniga “maska-shou” uyushtirilgani holatiga rasmiy munosabat bildirdi. Unda restoranning tungi paytda belgilangan vaqt orasida ishlashi ko‘zdan kechirilgani aytiladi.
“Haqiqatan ham 2023 yilning sentabr oyida Farg‘ona shahrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash maqsadida viloyatdagi huquq-tartibot organlari rahbarlari boshchiligida o‘tkazilgan tungi reyd tadbirlari doirasida muqaddam bir nechta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilgan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi harakatlar ro‘y berganligi uchun aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan Sherzod Abdug‘aniyevga qarashli “Green club” restoranining tungi paytda belgilangan vaqt orasida ishlashi ko‘zdan kechirilib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Bu masalaning bir tomoni. Biroq fuqarolarning firibgarlik jinoyati qurboni sifatida Sherzod Abdug‘aniyev ustidan qilgan murojaatlari yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi o‘rganilganda esa fuqaro B.Sh.ning 23 500 AQSh dollari, B.B.ning 32 000 AQSh dollari, S.B. ning 26 000 AQSh dollar, S.Z. ning 16 500 AQSh dollari kabi jami 11 ta holatda ularning pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan”, deyiladi munosabatda.
Shuningdek, rasmiy munosabatda Sherzod Abdug‘aniyev o‘z aybini yashirish, jamoatchilikka jabrdiyda bo‘lib ko‘rinish, chalg‘itish va tergovga ta’sir o‘tkazish maqsadida OAVga murojaat qilgani keltirilgan.
“Haqiqatan ham Sherzod Abdug‘aniyev aybsiz bo‘lsa, nega unda huquq-tartibot organlaridan yashirinib yuribdi? Nega uning ustidan 11 nafar shaxs buzilgan huquqlarini tiklash, qonun ustuvorligi ta’minlanishini istab ariza yozgan? Jamoatchilikni ayni holatlarga ham diqqat qaratishlarini so‘raymiz”, deya ta’kidlagan boshqarma.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda fuqaro Sherzod Abdug‘aniyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llangan holda qidiruv e’lon qilingan. Boshqarma Abdug‘aniyev Sherzod Adhamjon o‘g‘lidan jabrlangan fuqarolardan yaqin oradagi IIOga yoki 102 raqamiga murojaat qilishni so‘ragan.
Kun.uz avvalroq Farg‘ona shahridagi restoranlardan biriga “maska-shou” uyushtirilgani haqida surishtiruv e’lon qilgandi. Qurollangan niqobli xodimlarga viloyat IIB boshlig‘i Azizbek Ikromov hamda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov boshchilik qilgan. 2023 yil sentabrdagi hodisada viloyat prokurori tezkor vakilga restoran rahbarini “narkotik tashlab tiqish”ni buyurgan. Uning bu topshirig‘i kuzatuv kameralariga yozilib qolgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
-
Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekiston | 19:34
Mavzuga oid

17:30
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi

13:46 / 30.07.2025
Farg‘onada milliy cholg‘ular orkestri va simfonik orkestr tashkil etiladi

18:32 / 29.07.2025
Farg‘onada og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi

21:50 / 23.07.2025