Ikki hududda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jamiyat 10:29 1035

Jizzax viloyatida 2024 yili o‘tkazilgan nazorat tadbirlarda 822 gektar yer maydonlari talon-toroj qilingani aniqlanib, 111 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Shundan 6 ta holatda 55 gektar sug‘oriladigan yerlarda fuqarolar noqonuniy uy-joy qurgani oqibatida davlatga 13,3 mlrd so‘m zarar yetkazgan. 

Masalan, fuqaro J.X.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yo.D. fuqaro J.X.ni aldab, Zomin tumanida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan jami 0,13 gektar yer maydonini 300 mln so‘mga sotishga kelishib, 200 mln so‘m hamda 8 ming dollar olgan vaqtda ushlangan. 

Yer sotish bilan bog‘liq 36 ta jinoyatlar fosh etilib, 362 gektar yerning noqonuniy muomalasi oldi olingan.

Shuningdek, Samarqandda fuqaro F.O.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Fuqaro T.Sh. ukasi M.R. rahbarlik qilib kelayotgan Urgut tumanida joylashgan “R.B.N.” fermer xo‘jaligiga qarashli 2,4 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 95 ming dollarga sotishga kelishgan. U kelgusida mansabdor tanishlari orqali hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, oldindan 10 ming dollar olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 1 980 gektar yer maydonlarini 14,6 mln dollar va 13,6 mlrd so‘mga sotish holatlariga chek qo‘yilib, 4,3 mln dollar va 9,4 mlrd so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ko‘proq yangiliklar: