Saudiya Arabistonida ilk bor ayollar futbol uchrashuviga tashrif buyurdilar

Foto: twitter.com/GoalSA
Saudiya Arabistoni tarixida ilk bor sport tribunalarida ayollarni ko‘rish mumkin bo‘ldi: 12 yanvarda mamlakat ayollari ilk bor futbol uchrashuviga tashrif buyura olishdi. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.
Ayollar tashrif buyurgan uchrashuv mamlakat chempionati doirasida mahalliy “Al-Ahliy” va “Al-Baten” klublari o‘rtasida Jiddada bo‘lib o‘tgan.
Ayollar Saudiya Arabistoni hukumati tomondan 2017 yil oktabrda qabul qilingan farmonga ko‘ra bunday imkoniyatga ega bo‘ldilar. Bu farmon saudiyalik ayollarga mamlakat stadionlaridagi sport tadbirlariga tashrif buyurishga ruxsat beradi.
Mavzuga oid

10:33 / 11.03.2025
Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

16:37 / 10.03.2025
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

19:00 / 07.03.2025
Bayramlar uchun ajoyib sovg‘a - bu abadiy esda qoladigan sayohat!

21:44 / 04.03.2025