Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi
Zelenskiy Saudiyaning Jidda port shahriga kelganini Ukraina prezidentining maslahatchisi Litvin ma’lum qildi. Shu shaharda Ukraina va AQSh delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Zelenskiyning ularda ishtirok etishi kutilmayapti.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 10 mart, dushanba kuni Saudiya Arabistoniga yetib keldi, deya uning maslahatchisi Dmitriy Litvin jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Ukrinform» agentligi. Ukraina va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar Saudiya Arabistonining Qizil dengiz sohilidagi Jidda shahrida bo‘lib o‘tadi. Zelenskiyning ularda ishtirok etishi kutilmayapti.
Zelenskiyning o‘zi avvalroq ta’kidlaganidek, Saudiya Arabistonida AQSh vakillari bilan bo‘ladigan uchrashuvda prezident devonxonasi rahbari Andrey Yermak, uning o‘rinbosari Pavlo Palisa, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov taqdim etadi.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidentining yuqori martabali mulozimlari shu hafta Saudiya Arabistonida Ukraina va Rossiya rasmiylari bilan alohida uchrashadi. Shu bilan birga, 10 mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Rossiya vakillarining shu haftadagi bunday uchrashuvlarda ishtirok etishi haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Ukraina havoda va dengizda o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qiladi
11 mart kuni Saudiya Arabistonida AQSh rasmiylari bilan muzokaralar chog‘ida Kiyev Rossiyaga havo va dengizda o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qiladi, dedi 10 mart kuni nomi oshkor etilmagan Ukraina rasmiysi AFP'ga. «Bizda osmonda va dengizda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifimiz bor, chunki bular amalga oshirish va kuzatish oson bo‘lgan variantlar», dedi u.
Shu bilan birga, rasmiy AQSh Kiyev bilan razvedka ma’lumotlari almashinuvini to‘xtatishda davom etsa, Rossiya jang maydonida «katta ustunlikni» qo‘lga kiritishi mumkinligidan xavotir bildirdi. «Asosiysi — bu muddat. Agar pauza uzoqqa cho‘zilsa, bu ruslarga sezilarli ustunlik beradi», deb tushuntirdi u. Bir kun avval AQSh prezidenti Donald Tramp Kiyev bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni «har qanday daqiqada» qayta boshlashga tayyorligini aytdi.
Mavzuga oid

23:36 / 11.03.2025
Ukraina va AQSh Jiddada muzokaralarni yakunladi. Kiyev 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

00:19 / 11.03.2025
Zelenskiy Oval kabinetdagi tortishuv uchun Trampdan kechirim so‘radi - AQSh prezidentining maxsus vakili

21:10 / 10.03.2025
AQSh Zelenskiyni yiqitmoqchimi?

16:37 / 10.03.2025