Tramp Falastinga moliyaviy yordamni minimum darajaga kamaytirdi

Foto: Anadolu
Donald Tramp prezidentlikning birinchi yilidayoq Falastinga moliyaviy yordamni o‘n yillikdagi minimum darajaga qadar qisqartirdi.
Oq uy rahbarining Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olish bo‘yicha qarori bilan bog‘liq keskinlik fonida, Donald Tramp yangi yilning birinchi kunidayoq Isroil manfaatiga mos tushuvchi navbatdagi qadamni qo‘ydi va Falastinga moliyaviy yordam hajmini kamaytirdi, deb yozadi «Anadolu» agentligi.
AQSh yetakchisi o‘zining prezidentlik muddati boshidan Isroil bilan muloqot qilishdan bosh tortayotgan Falastin hukumatiga sanksiyalar bilan tahdid qilgandi.
AQSh hukumati tomonidan har yili ajratiluvchi tashqi moliyaviy yordam hajmi ushbu mamlakatning YaMM bilan taqqoslaganda juda kamdir.
Shu bilan birga, Vashingtonni moliyaviy yordamdan “siyosiy shantaj” dastagi sifatida foydalangani uchun faol tarzda tanqid qilib kelishadi.
«Anadolu» agentligining AQSh Davlat departamenti va Xalqaro taraqqiyot bo‘yicha agentlik – USAID’dagi manbalardan olgan ma'lumotlariga ko‘ra, Vashington so‘nggi 23 yilda Falastinga 8 mlrd dollarlik hajmda moliyaviy yordam ajratdi.
Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Falastinga «juda katta miqdordagi pullarni» ajratish bo‘yicha masalani qayta ko‘rib chiqish lozimligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

14:27 / 09.03.2025
Foto: Falastin bayrog‘ini ko‘targan aktivist Big-Benga chiqib oldi

20:37 / 03.03.2025
Falastin kurashi haqidagi «Boshqa yer yo‘q» hujjatli filmi «Oskar»ga munosib ko‘rildi

17:53 / 22.02.2025
HAMAS Isroil bilan kelishuvning birinchi bosqichi shartlarini bajardi

17:21 / 20.02.2025