HAMAS garovga olingan 4 kishining jasadini Isroilga topshirdi
Bosh vazir Netanyahu voqeani Isroil uchun «shok va qayg‘u kuni» deb atadi.

Foto: AP / Abdel Kareem Hana
HAMAS garovga olingan shaxslardan 4 nafari jasadini G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunis hududida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi vakillari orqali Isroilga topshirdi. Halok bo‘lganlar orasida 33 yoshli Shiri Bibas va uning ikki o‘g‘li: besh yoshli Ariyel va ikki yoshli Kfir, shuningdek, 83 yoshli Oded Lifshits bor.
HAMAS jasadlarni topshirish jarayonini tashviqot tadbiriga aylantirdi: sahna o‘lganlarning fotosuratlari aks ettirilgan plakatlar bilan bezaldi. Hamaschilar, shuningdek, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning vampir suratini, Isroil rahbariyatini ayblovchi shiorlar bilan birga Isroil bayrog‘i tushirilgan tobutlarni namoyish qildi.
Qurbonlarning jasadi shaxsini va o‘limi sabablarini aniqlash uchun Abu Kabir shahridagi Sud-tibbiyot ekspertizasi institutiga olib ketildi. Bosh vazir Netanyahu voqeani mamlakat uchun «shok va qayg‘u kuni» deb atadi va kelajakda bunday fojialarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishga va’da berdi. O‘z navbatida HAMAS bolalar va Shiri Bibasning o‘limida Isroil hukumatini aybladi.

Bibaslar oilasi 2023 yil 7 oktyabrda Kibuts Nir Oz shahriga hujum paytida HAMAS jangarilari tomonidan asirga olingan edi. Oilaning otasi Yarden Bibas 2025 yil 1 fevralida HAMAS va Isroil o‘rtasidagi kelishuv doirasida qo‘yib yuborildi. Shiri Bibas va uning bolalari, hamaschilarning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning bombardimonlari oqibatida 2023 yil noyabrida o‘lgan. Ayolning ota-onasi 2023 yil 7 oktyabrda jangarilar tomonidan o‘ldirilgan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 15:43
-
Prezident Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini ko‘zdan kechirdi
O‘zbekiston | 15:41
-
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi
Iqtisodiyot | 15:20
-
Putin Volgograd aeroporti nomini "Stalingrad"ga o‘zgartirdi
Jahon | 15:16
Mavzuga oid

11:25
Isroilda yirik o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

23:44 / 30.04.2025
Isroilda o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Qator aholi punktlari evakuatsiya qilindi, asosiy magistral yo‘l yopildi - fotolar

22:31 / 30.04.2025
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl etildi

14:41 / 30.04.2025