Kollej o‘quvchilarining o‘zaro janjali pichoq urish bilan yakunlandi
Joriy yilning 30 iyul kuni soat 23.30 da Toshkent tumani Keles shahrida yashovchi voyaga yetmagan, Maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 2-bosqich o‘quvchisi, 2000 yilda tug‘ilgan M.O. uyi oldida o‘zaro janjallashib, qo‘shnisi, shu ko‘chaning 44-uyida yashovchi, Maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi, 1999 yilda tug‘ilgan R.J.ning chap ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
R.J.ning olgan jarohati hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir jarohat ekanligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid

12:55 / 01.03.2025
Litvada o‘zbekistonlik fuqaro ikki kishini pichoqlagani rad etildi

14:30 / 17.02.2025
Avstriyada o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs IShIDga aloqador bo‘lgan

22:34 / 13.08.2024
Germaniyada qurol qonunchiligini kuchaytirish taklif qilinmoqda

11:15 / 30.07.2024