Kislovodskda o‘zbekistonliklar Hayit bayrami munosabati bilan tadbir uyushtirishdi
Rossiyaning Kislovodsk hududida, bahavo va mineral manbalarga boy maskanda vatanning bir qismi — “O‘zbekiston” sanatoriysi joylashgan. Bu sog‘lomlashtirish maskanini tom ma'noda xorijdagi mitti O‘zbekiston, deb atash mumkin.
Hozirgi kunda bu yerda O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan 200 nafarga yaqin kishi o‘z salomatligini tiklayapti. Bu yerga odatda turli kasb egalari, turli yosh vakillari kelishadi.
Yaqinda sanatoriy ma'muriyati bu yerda Ramazon hayiti munosabati bilan bayram tadbiri uyushtirdi. Dasturxonga o‘zbek milliy taomlari — palov, lag‘mon, bo‘g‘irsoq tortildi.
Bayram tadbirida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, sohir ovoz sohibi Xojiakbar Hamidov ishtirokida xayriya konserti tashkil etilgani, ayniqsa, bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Xofizning “Munojot”, “Muhabbat”, “Umr o‘tmoqda” singari o‘lmas qo‘shiqlari yangradi. Toshkentdan keltirilgan tor va doirada, jonli ovozda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bir muddatga hordiq chiqaruvchilarning ona Vatan sog‘inchini bosdi. Ayniqsa, sanatoriyning katta yosh vakillari konsertni maroq bilan tinglashdi.
“O‘zbekiston” sanatoriysi 1932 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tibbiy minerallarga boy Kislovodsk shahrida joylashgan 44 ta sanatoriy orasida eng yaxshilaridan biri sanaladi. U yurak-qon tomir, nafas organlari, asab tizimidagi kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan.
Sh. SULTONOV,
mehnat faxriysi
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tarif urushlarida g‘oliblar bo‘lmaydi – Si Jinping
Jahon | 17:36
-
Bo‘stonlqda ikki yoshli bola jarlikka tushib ketdi
O‘zbekiston | 17:31
-
Si Jinping YeIni AQSh bojlariga qarshi kurashda Xitoy bilan birlashishga chaqirdi
Jahon | 17:29
-
Qo‘shnilarimiz qiynalsa, bir chetda qarab turmaymiz - To‘qayev
Jahon | 17:19
Mavzuga oid

17:44 / 25.03.2025
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda joriy Ramazon oyi 29 kunda yakunlanishi kutilyapti. 30 mart Hayit bo‘lishi mumkin

11:35 / 08.04.2024
Hayit bayrami kunlarida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

18:26 / 12.05.2021
Hayit namozini ado etishga ruxsat etilmagan mamlakatlarda musulmonlar qanday ibodat qiladi?

08:06 / 15.06.2018