Golfchi uchib o‘tayotgan qushni tasodifan o‘ldirib qo‘ydi (video)
Internetda golfchi ishtiroktidagi video ommalashdi. Videorolik kecha suratga olingan va bir kunning o‘zida Reddit.com saytida ko‘rishlar soni bo‘yicha yetakchi o‘ringa chiqib oldi. Unda golf o‘ynayotgan erkakning zarba berishi hamda golf koptokchasining uchib o‘tayotgan qushga tekkanini ko‘rish mumkin.
Qush kuchli zarbadan so‘ng o‘lgan. Golfchi esa voqeadan so‘ng boshini ushlab oldi va o‘lik qush tushgan suvga tikilib qolgan. Hammasi shunday tez va tasodifan yuz berdiki, erkakka o‘ziga kelib olish uchun vaqt talab etildi.
Internet foydalanuvchilaridan ba'zilari golfchi aslida qushni ko‘rmaganini yozgan bo‘lishsa, boshqalari bu video asosida videoo‘yin yaratish g‘oyasi bilan chiqqan. Biroq deyarli hech kim qushning o‘lgani yuzasidan afsus chekmagan...
Mavzuga oid

10:02 / 20.02.2025
Elektr liniyalari bilan qushlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tajriba ishga tushirildi

10:52 / 02.06.2023
Toshkentda Qizil kitobga kiritilgan qushlarning noqonuniy savdosi to‘xtatildi

15:56 / 23.02.2022
Nega boy odamlar golf o‘ynashni yoqtiradi?

08:16 / 29.06.2020