O‘zbekiston | 10:02 / 20.02.2025
2593
3 daqiqa o‘qiladi

Elektr liniyalari bilan qushlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tajriba ishga tushirildi

O‘zbekistonda elektr uzatish liniyalari bilan qushlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tajriba ishga tushirildi.

Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida “Bash va Jankeldi shamol elektr stansiyalari loyihalari doirasida qushlarning elektr uzatish tarmog‘i bilan to‘qnashuvining oldini olish uchun qurilmalarni o‘rnatish tajribasi”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Shamol turbinalarining qushlar populyatsiyasiga ta’sirini kamaytirish usullarini tadqiq qilishga qaratilgan loyiha ACWA Power kompaniyasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Tadbirda shamol energetikasi barqaror energiya manbalariga o‘tishda asosiy rol o‘ynashi, lekin uning atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirish nihoyatda muhim ekani ta’kidlandi. Bird Flight Diverter (BFD) eksperimenti doirasida ACWA Power kompaniyasi shamol turbinasiga qushlarning urilish xavfini kamaytirish uchun innovatsion texnologiyalarni sinovdan o‘tkazmoqda. 

Eksperimentda kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarga alohida e’tibor qaratilmoqda, chunki O‘zbekiston bu tur uchun muhim yashash joyi bo‘lib, turning salmoqli qismi shamol stansiyalari yaqinida yashaydi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uch yillik tadqiqot doirasida elektr tarmog‘ining butun uzunligi bo‘ylab har hafta qushlar o‘limi (barcha o‘rta va yirik turlar) monitoringi o‘tkaziladi. Eksperimentning muhim qismi 100 tutqunlikda ko‘paytirilgan va 100 yovvoyi qushni qamrab oladi, keyinchalik bu miqdorni 300 taga yetkazish belgilangan.

Eksperiment natijalari nafaqat 300 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘ining ta’sirini kamaytirish uchun eng yaxshi yechimni beradi, bu esa maydon ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi, balki O‘zbekistondagi va butun Markaziy Osiyodagi eng zaif qushlar guruhiga mos keladigan to‘qnashuvning oldini olish qurilmalari (BFD) turlarini eng yaxshi amaliyotlarga asoslanib ishlab chiqish imkonini yaratadi.

Elektr uzatish tarmoqlaridagi tuvaloqlarning o‘lim darajasiga oid qimmatli ma’lumotlar olinadi, bu esa kelajakdagi xavflarni aniq baholash va ularni minimallashtirish hamda kompensatsiya qilish uchun samarali strategiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Mavzuga oid