Jalilov xudkush bo‘lmagan bo‘lishi mumkin

Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan portlash ijrochiligidagi asosiy gumondor sifatida qaralayotgan Akbarjon Jalilov xudkush bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Maxsus xizmatlardagi manbaning RT nashriga ma'lum qilishicha, u portlovchi qurilmani manzilga olib ketayotganida, o‘zini kuzatib kelayotgan boshqa bir shaxs tomonidan portlatib yuborilgani taxmin qilinmoqda.
«Versiyalardan biriga ko‘ra, Jalilov ma'lum nuqtaga portlovchi qurilmani olib ketayotgan, ammo uni kuzatib kelayotgan shaxs masofadan turib uni portlatib yuborgan», — degan manba.
Bu talqinga ko‘ra, Jalilov o‘z rahbaridan portlovchi qurilmani uchinchi shaxsga yetkazish to‘g‘risida topshiriq olgan. Jalilov o‘zining kuzatilayotganidan bexabar bo‘lgan.
Tergovchilar Jalilovdan «jonli bomba» sifatida foydalanib, u portlovchi qurilmani odamlar yanada gavjumroq joydan olib o‘tayotganida portlash sodir etishni rejalashtirgani variantini ham istisno etishmayapti.
«Agar kontrolyor asabiylashmaganida va belgilangan nuqtada uni portlatib yuborganida qurbonlar yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin edi», — degan manba.
Bundan oldinroq Jalilovning tanishlari ushlangan uydan 3 aprel kuni portlatilgan bombaga o‘xshash bomba elementlari topilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

12:26 / 22.02.2025
Peterburgdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi

15:39 / 19.11.2024
Peterburgda O‘zbekiston fuqarolari qonuniy tarzda ish bilan ta’minlanadi

07:47 / 23.08.2024
Peterburgda murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatildi

13:50 / 11.03.2024