O‘zbekiston | 12:26 / 22.02.2025
12352
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Moskva tumanidagi qurilishda o‘zbekistonlik migrant balandlikdan yiqilib vafot etdi. 

Rossiya OAV xabariga ko‘ra, Pulkovo shossesidagi turar joy majmuasi qurilish maydonchasida o‘zbekistonlik 24 yoshli ishchi demontaj qilayotganida 3,5 metrdan ortiq balandlikdan yiqilib, vafot etgan

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga ishchining xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan Tergov qo‘mitasi va Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tekshiruvlar tashkil etilgan. Tergovchilar ishchining qurilishdagi o‘limi holatini aniqlamoqda.

Mavzuga oid