PayPal asoschisi Apple davri yakunlayotganini aytdi

Foto: businessman.ua
PayPal to‘lov xizmati asoschilaridan biri Piter Til Apple davri yakunlandi, deb hisoblamoqda. U bunday fikrni The New York Times nashri uchun savol-javoblar sessiyasi doirasida bildirdi.
Jurnalist tadbirkorga "Apple’ning yaxshi kunlari tugadi, deb hisoblash mumkinmi?" degan savoliga "Ha, buni tasdiqlayman. Biz smartfon qanday ko‘rinishi va u nima qilishini bilamiz. Tim Kukning bunda aybi yo‘q, biroq bu soha yana bir boshqa innovatsiyalar tatbiq qilish mumkin bo‘lgan soha emas", deb javob berdi.
PayPal yaratuvchisi nafaqat Kremniy vodiysining muvaffaqiyatli tadbirkori, balki AQShning bo‘lg‘usi prezidenti Donald Tramp jamoasi a'zolaridan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid

17:03 / 11.03.2025
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi

18:51 / 05.03.2025