«Chelsi» «Uembli»ga ko‘chib o‘tishi mumkin

«Chelsi» «Uembli» ma'muriyati bilan 2018 yildan boshlab ushbu stadionda uy uchrashuvlarini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Aynan shu vaqtga kelib «Tottenhem»ning stadion bilan bitimi yakunlanadi va arena bo‘sh qoladi. «Chelsi» rahbariyati 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan direktorlar Kengashida o‘z stadionini qayta rekonstruksiya qilish uchun ruxsat olishiga to‘liq ishonmoqda.
Daily Mail xabariga ko‘ra, agar bu ish amalga oshadigan bo‘lsa, jamoa yangi stadionga vaqtinchalik ko‘chib o‘tishi kerak bo‘ladi. Shu sababdan ham klub Angliyaning bosh stadioni ma'muriyati bilan muzokaralar olib bormoqda. Uy stadionining rekonstruksiyasi 2018 yilning yozida boshlanishi rejalashtirilmoqda. Buning uchun 500 mln. funt sterling mablag‘ sarflanishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari

01:58 / 26.01.2025
Gvardiola Husanovning debyuti haqida: «Har qanday o‘yinchi xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, u hali yosh va albatta o‘rganadi»

14:12 / 25.01.2025