Rossiya elchisini otgan qotil Halab haqida eslatgan

Anqaradagi ko‘rgazma vaqtida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovni otib tashlagan qotil, qotillikni amalga oshirish vaqtida hayqirib, Suriyaning Halab shahri haqida gapirgan. Bu haqda voqea joyidagi guvohlarga asoslanib, mahalliy nashrlar xabar tarqatdi.
Hurriyet xabariga ko‘ra, hujum sodir etilgan vaqtda binoda yuz chog‘li odam bo‘lgan. Qora kostyum va shim kiygan qotil marosimda qo‘riqlov xizmati xodimi sifatida bo‘lgan. U elchi o‘z nutqini tugatishini uning ortida kutib turgan va elchi o‘z so‘zini tugatganida unga o‘q uzgan. Shundan so‘ng qurolini osmonga qaratib yana bir o‘q uzgan hamda mehmonlardan hududni tark etishni so‘ragan. Keyin esa elchining tanasiga yana bir o‘q joylagan.
Bir necha kun oldin Suriya hukumati Rossiya ko‘magida bir necha yildan buyon muxolif kuchlar nazoratida bo‘lgan Halab shahrini qaytarib olgandi.
Mavzuga oid

17:48 / 07.02.2025
Anqarada qalbaki alkogoldan 33 kishi vafot etdi

21:06 / 05.12.2024
Halabni kim va qanday qilib egalladi? Suriya urushidagi asosiy 10 savol

20:24 / 05.12.2024
Suriyadagi urush: yana bir yirik shahar isyonchilar qo‘liga o‘tdi

19:09 / 02.12.2024