Nyu-Yorkda portlash oqibatida 15 kishi jarohat oldi

Nyu-Yorkning Manxetten tumanidagi portlash oqibatida 15 kishi jarohat oldi, deb ma'lum qildi o‘t o‘chirish xizmatiga iqtibos keltirgan holda NBC telekanali.
"Nyu-York o‘t o‘chirish boshqarmasi 15 kishi shifoxonaga kichik jarohatlar bilan yetkazilganini ma'lum qildi. Halok bo‘lganlar haqida ma'lumot yo‘q", deb xabar bermoqda telekanal.
Bu orada PIX11 telekanali portlash oqibatida 26 kishi jarohat olganini ma'lum qilgan.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 21.00 da 6-avenyu yaqinida sodir bo‘lgan. Politsiya portlashga nima sabab bo‘lganini bilmaydi. O‘t o‘chirish xizmatida portlovchi qurilma haqida xabar berilgan.
Mavzuga oid

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

10:11 / 15.02.2025
G‘ijduvonda yana bir uy portlagani ma’lum bo‘ldi. Qurbon bor

10:18 / 13.02.2025