O‘zbekiston | 10:11 / 15.02.2025
10032
2 daqiqa o‘qiladi

G‘ijduvonda yana bir uy portlagani ma’lum bo‘ldi. Qurbon bor

Xonadonda isitish pechidan gaz sizib chiqib to‘plangan hamda uy egalari chiroqni yoqishi oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan. Oqibatda bir kishi hodisa joyida vafot etgan.

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida xonadon portladi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Kun.uz’ga bildirishicha, hodisa joriy yil 5 fevral kuni tumanning Armechan mahallasida sodir bo‘lgan. Surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, uyda o‘rnatilgan isitish pechidan gaz sizib chiqqan va xonaga to‘plangan. Xonadon egalari tomonidan chiroq yoqilgan paytida havo-gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan.

Chaqnash oqibatida II guruh nogironi bo‘lgan I.T. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Portlash oqibatida yong‘in yuzaga kelmagan va yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb etilmagan. Hodisa joyiga viloyat FVB va tuman IIB mas’ullari chiqqan.

Tuman hokimi baxtsiz hodisaning sababini o‘rganish va oqibatlarini bartaraf etish haqida farmoyish chiqardi. Hujjat bilan gazdan turmushda foydalanishda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish bo‘yicha tuman komissiyasi tarkibi hamda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

2025 yil 12 fevral kuni ham G‘ijduvon tumanining Guliston mahallasida gaz to‘planib qolishi oqibatida uy portlagandi.

Mavzuga oid