O‘zbekistonda ikkita yangi ekologik loyiha ishga tushirildi

O‘zbekiston 14:51 1118

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) Global ekologik fond (GEF) moliyaviy ko‘magida 6,5 million dollarlik ikkita xalqaro loyihani ishga tushirdi, ularni 2030 yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalardan biri — «Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha milliy strategiya va harakatlar rejasini va 7-milliy hisobotini yangilashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks dastur».

Loyiha doirasida O‘zbekiston Global bioxilmaxillik asoslari va uning asosida ishlab chiqilgan yangi milliy maqsadlarga muvofiq yangilangan milliy strategiya va harakatlar rejasini tayyorlashi kutilmoqda.

Ikkinchi yirik loyiha — «O‘zbekistonning yuqori qiymatga ega landshaftlarini muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha kompleks boshqaruv» loyihasi puxta ishlab chiqilgan va inklyuziv siyosat orqali ekotizimlarni tiklash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ekotizimlarni tiklash jarayonlarida innovatsiyalarni qo‘llash, va bioxilmaxillikni saqlash bo‘yicha samarali va barqaror moliyalashtirishni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishga qaratilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirishdagi asosiy hamkorlardan biri 2024 yilda Toshkentda mintaqaviy vakolatxonasi rasman ochilgan Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqidir. Loyihaning tajriba hududlari G‘arbiy Tyan-Shan, Nurota tizmasi va Qo‘gitang landshaftlari hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: